Mundialda eng ko‘p chipta O‘zbekiston – Kolumbiya o‘yiniga sotilmoqda
JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — Kolumbiya o‘yini chiptalar sotuvi bo‘yicha turnirda eng yaxshi natija qayd etmoqda. Bu haqda o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev xabar berdi.
«O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvi uchun 74 725 ta chipta sotildi. Bu hozircha jahon chempionatining boshqa har qanday o‘yinidan ko‘proq. Ochilish o‘yini bo‘lgan Meksika — JAR (73 373) va Braziliya – Marokash (73 719) o‘yinlari ham bu borada ortda qolmoqda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston – Kolumbiya o‘yini 18-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanadi. O‘yin Mexikodagi mashhur «Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tadi. Stadion 87 523 muxlisga mo‘ljallangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter