Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga oid qarorga imzo chekdi

Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga oid qarorga imzo chekdi

Ozarbayjon Ukrainaga 7,6 million dollar miqdorida gumanitar ko‘mak ajratadi. «Trend» agentligi xabariga ko‘ra, prezident Ilhom Aliyev bu haqdagi qarorni imzolagan.

Hujjatda Ozarbayjon va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik va strategik hamkorlik negizida rivojlanayotgani, gumanitar yordam insonparvarlik tamoyiliga ko‘ra ajratilayotgani qayd etilgan.

7,6 million dollar miqdoridagi mablag‘ Ukraina uchun elektr uskunalar xaridiga yo‘naltiriladi.

Rossiya bosqini boshlangandan buyon Ozarbayjon Ukrainaga bir necha marta gumanitar ko‘mak yo‘lladi. Masalan, 2022 yil dekabr oyida Boku Kiyev so‘roviga asosan  oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy va energiya uskunalaridan iborat 52,2 tonna yordam yuborgan.

Yaqinda esa Ozarbayjon tomoni Ukrainani tiklash uchun 10 million dollardan kam bo‘lmagan ko‘mak ajratishini ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring