Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Sadir Japarovni tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, farovonlik va qardosh Qirg‘iziston xalqiga bardavom ravnaq tiladi.

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlar alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajadagi aloqalar davom etmoqda. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Faol madaniy-gumanitar va hududlararo almashinuvlar olib borilmoqda.

Yirik strategik loyihalar, jumladan, «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi doirasidagi ishlar davom etmoqda.

Yetakchilar mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqdilar.

Ma’lumot uchun: Sadir Japarov 1968-yilning 6-dekabrida Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatidagi Kengsuv qishlog‘ida tavallud topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring