Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston va Tojikistonning uchta shahri o‘rtasida xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochildi

O‘zbekiston va Tojikistonning uchta shahri o‘rtasida xalqaro avtobus yo‘nalishlari ochildi

Foto: O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati

9 sentyabr kuni  Tojikistonda davlat mustaqilligining 27 yilligi keng nishonlanadi. Ushbu tantanali sana munosabati bilan ikki davlat xalqlariga qulaylik yaratish maqsadida bugun, 8 cyentyabrdan e’tiboran “Termiz- Dushanbe”, “Denov- Dushanbe”, “Samarqand- Panjakent”  yo‘nalishida xalqaro avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati.

“Termiz- Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 251 km. bo‘lib qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 5 soatu 39 daqiqani tashkil etadi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Termizdan Dushanbegacha- 70 ming so‘m. Dushanbedan- Termizgacha esa 70 somoni qilib belgilandi.

Yo‘nalish masofasi 107 km. bo‘lgan “Denov- Dushanbe” xalqaro avtobus yo‘nalishida yo‘lovchilar 2 soat 25 daqiqada o‘z manziliga yetkaziladi. Yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Denovdan Dushanbegacha 40 ming so‘m. Dushanbedan Denovnacha esa 40 somoni etib belgilandi.

“Samarqand-Panjakent” xalqaro avtobus yo‘nalishining masofasi 64 km. Qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt 1 soatu 25 daqiqa bo‘lib, yo‘lkira haqi tashuvchilar tomonidan Samarqanddan Panjakentgacha 20 ming so‘m. Panjakentdan Samarqandgacha esa 20 somoni qilib belgilandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring