Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistondan Jiddaga yana bir yo‘nalish ochilmoqda

O‘zbekistondan Jiddaga yana bir yo‘nalish ochilmoqda

Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, «Qanot Sharq» mahalliy aviakompaniyasi  Buxoro–Jidda–Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. 

Ta’kidlanishicha, Buxoro–Jidda–Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha har hafta dushanba kuni aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Kecha, 7-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:03da «Qanot Sharq» mahalliy aviakompaniyasining samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ngan va shu bilan kompaniyaning Buxoro–Jidda–Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlariga start berilgan.

Buxorodan Jiddaga yo‘lovchi reyslari haftada bir marta - dushanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring