Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Ukrainadan 45 nafar bola olib kelindi

O‘zbekistonga Ukrainadan 45 nafar bola olib kelindi

Ukrainadan dam olish va reabilitatsiya uchun 45 nafar bola va 5 nafar hamrohlik qiluvchi guruh O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko ma’lum qildi.

«Ukraina elchixonasining bolalarga psixologik muvozanatni tiklash, Ukraina shaharlariga har kuni amalga oshirilayotgan havo trevogalari va raketa hujumlarini unutishga yordam berish haqidagi murojaatiga mehr bilan javob bergan O‘zbekiston biznes va jamoat tashkilotlari vakillariga katta rahmat», — deydi elchi ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabarida.

Qayd etilishicha, Xarkov, Xerson, Nikolayev, Zaporoje, Sumi, Xmelnitskiy, Lvov va Kiyevdan kelgan bolalar 12 kun davomida Anor tog‘ oromgohida dam oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring