Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pokistonda mikroavtobus 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Pokistonda mikroavtobus 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: AzerTag

Pokistonda mikroavtobus avtobus bilan to‘qnashishi oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi va 7 kishi jarohatlandi. «Sinxua» AA xabar berishicha, baxtsiz hodisa mamlakat shimoli-g‘arbidagi Haybar-Paxtunxva viloyatida, Svat tezyurar yo‘lida yuz bergan.

Qutqaruvchilar va avtomagistral politsiyasi bergan ma’lumotda esa fojia Ismoila yo‘l ayirgichi yaqinida sodir bo‘lgani aytiladi — mikroavtobus to‘xtab turgan avtobusning orqasidan kelib urilgan. Avtobus Karachidan Bunerga, mikroavtobus Ravalpindidan Dirga ketayotgan bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruvga ko‘ra, halokat mikroavtobus haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring