Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xalqaro terrorchilarni ushlaganini e’lon qildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xalqaro terrorchilarni ushlaganini e’lon qildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari xalqaro terrorchi tashkilotlardan birining uch nafar a’zosini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabar berdi.

«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi FXX bilan birgalikda radikal guruhga a’zo bo‘lgan xalqaro terrorchi tashkilot tarafdorlarini qo‘lga olib, Qirg‘iziston Respublikasiga olib keldi», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ular yoshlar orasidan o‘z saflariga jalb qilish, ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik g‘oyasini tarqatish bilan shug‘ullangan.

Gumonlanuvchilarning ism-shariflari, shuningdek, ular mansub bo‘lgan terror tashkilotining nomi aytilmagan. Hozirda tergov-tezkor tadbirlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring