Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistonda TikTok’ni taqiqdan chiqarish taklif qilindi

Qirg‘izistonda TikTok’ni taqiqdan chiqarish taklif qilindi

Qirg‘iziston madaniyat vaziri o‘rinbosari Marat Tagayev mamlakat hududida TikTok ijtimoiy tarmog‘ini blokirovka qilish qarorini qayta ko‘rib chiqish zarurligini bildirdi.

Tagayevning aytishicha, axborot muhitini monitoring qilish va o‘rganish bo‘yicha markaz tugatilgan. Hozirda vazirlikda ham, umuman mamlakatda ham axborot platformalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan tizimli ishlaydigan alohida organ mavjud emas.

Uning ta’kidlashicha, TikTok rasman bloklangan bo‘lsa-da, yoshlar va boshqa fuqarolar VPN orqali platformadan foydalanishda davom etmoqda.

«Bugun TikTok Qirg‘izistonda bloklanganiga qaramasdan, yoshlarimiz va fuqarolarimiz uni VPN orqali ishlatyapti. Shu bois vazirligimiz ushbu blokirovkani bekor qilish taklifini ko‘rib chiqishni so‘raydi», – dedi Tagayev.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, cheklovlar yoshlar auditoriyasiga, kreativ industriya vakillariga hamda kichik biznes sub’yektlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Chunki ko‘pchilik TikTok’dan mahsulot va xizmatlarni targ‘ib qilish, shuningdek daromad topish vositasi sifatida foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirish 2024-yilning 18-aprelidan cheklangan edi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring