Qozog‘istonda Su-30SM qiruvchi samolyoti halokatga uchradi
Bugun, 25 fevral kuni Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Su-30SM rusumli qiruvchi samolyot halokatga uchradi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Hodisa rejali o‘quv-mashg‘ulot parvozlarini amalga oshirish vaqtida sodir bo‘lgan.
«Samolyot ekipaji o‘z vaqtida katapulta qildi. Uchuvchilar tirik, ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf yo‘q. Hozirda ular tibbiyot mutaxassislari nazorati ostida. Halokat sodir bo‘lgan hudud o‘rab olingan. Aholi va infratuzilma ob’yektlari uchun xavf mavjud emas», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Hodisa sabablari va holatlarini aniqlash maqsadida maxsus komissiya tuzilgan. Tergov yakunlariga ko‘ra huquqiy baho berilib, tegishli protsessual qaror qabul qilinishi ma’lum qilindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter