Rejissyor Abdurahmon Abdunazarov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissyor Abdurahmon Abdunazarov 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Rejissyor “Temir xotin”, “Jononga bordim bir kecha”, “Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari”, “Mayli, saylang”, “Baxtiyorni uylantiramiz”, “Gulya + Erik”, “Boy ila...”, “Momo yer” singari o‘nlab spektakllari bilan o‘zbek teatr san’atiga hamda mustaqil ijodiy studiyalar rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Shuningdek, u Andijon viloyati san’at kollejida pedagog sifatida faoliyat yuritib, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi.
Xabar.uz rejissyorning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter