Reklama qonunchiligini buzgan 12 nafar bloger jazolandi
Raqobat qo‘mitasi 110 nafar blogerning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini monitoring qilmoqda. Tekshiruvlar davomida 12 nafar bloger reklama qonunchiligi talablarini buzgani aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Raqobat qo‘mitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklamalarning «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun talablariga muvofiqligini o‘rganishni davom ettirmoqda.
Qo‘mita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan 110 nafar bloger ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning sahifalarida joylashtirilayotgan reklama materiallari har kuni monitoring qilib borilmoqda.
Monitoring natijasida 12 nafar bloger tomonidan reklama qonunchiligi talablariga zid axborotlar joylashtirilgani aniqlangan. Ushbu qonunbuzilishlar yuzasidan ularga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Shuningdek, qo‘shiqchilar, aktyor va aktrisalar hamda sportchilarning ham ro‘yxati shakllantirilgan. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamaga oid chiqishlari muntazam monitoring qilib borilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi reklama beruvchilar, uni tayyorlovchilar va tarqatuvchilar, jumladan, blogerlar hamda mashhur shaxslarni reklama materiallarini joylashtirishda qonunchilik talablariga rioya qilishga chaqirdi.


Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting
Kiriş
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter