Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samolyot «stoyankasi» necha pul?

Samolyot «stoyankasi» necha pul?

Foto: aviation-images.com/Universal Images Group via Getty Images

Dubay aeroportida rossiyalik boylarga daxldorligi aytilayotgan 100 dan ziyod samolyotlardan iborat «stoyanka» paydo bo‘ldi, deb yozmoqda «Business Insider».

Amirliklar sanksiya kiritmagani uchun ham rus tadbirkorlari o‘z biznes-jetlarini o‘shayoqqa uchirgandi. Oson kelib olishdi-ku, biroq Yevropa Ittifoqi va AQSh cheklovlari bu samolyotlarning qaytib uchib ketishini qiyinlashtiradi...

Dubayda hozir Roman Abramovichga qarashli 250 million dollarlik «Boeing 787 Dreamliner»ni yoki Arkadiy Rotenbergning «Bombardier BD700 Global Express»ini uchratish mumkin.

Balki milliarderlar uchun arzimas chaqadir, ammo Dubay aeroportida samolyotning sutkalik «stoyankasi» taxminan 1000 dollar, kuniga 100 ming «ko‘ki» — boshlanishiga chakkimas...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring