Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Foto: Minval

Prezident Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga ta’ziya bildirdi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi suv toshqinlari hamda Futszyan provinsiyasida yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani, jiddiy jarohat olgani va katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi. 

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning janubi-sharqidagi poyabzal fabrikasida sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 28 kishi halok bo‘ldi. Yong‘in sodir bo‘lgan Jinjiang shahrida dunyodagi sport poyabzallarining 20 foizgacha qismi ishlab chiqaradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring