Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sudyalar oliy kengashi besh nafar sudyani lavozimidan ozod qildi

Sudyalar oliy kengashi besh nafar sudyani lavozimidan ozod qildi

Besh nafar sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining sudyasi S. Tursunov;
  • Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontahur tuman sudining sudyasi A. Yuldashev;
  • Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining sudyasi  B. Jo‘rabekov yozma arizalariga ko‘ra;
  • Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudyasi I. Xakimova odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganligi uchun;
  • Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tuman sudining raisi Sh.Sharipov vafot etganligi sababli lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring