Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida daryoga cho‘milish uchun tushgan besh nafar yigitdan uch nafari kuchli oqim qurboni bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 2008-yilda tug‘ilgan olti nafar o‘smir Surxondaryo daryosi bo‘yiga cho‘milish uchun borgan. Ulardan biri suvga tushmagan, qolgan besh nafari esa daryoga kirgan. Kuchli oqim oqibatida uch nafar o‘smirni suv oqizib ketgan.

Ikki nafar yigit atrofdagilar yordamida qutqarib qolingan. Qutqaruvchilar bir o‘smirning jasadini hodisa kuni, ikkinchisini esa keyinroq suvdan olib chiqqan.

Hozirda yana bir o‘smirning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring