Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tadbirkorlarni jazolashga moratoriy joriy etilmoqda

Tadbirkorlarni jazolashga moratoriy joriy etilmoqda

Biznes-ombudsman shu yilning 22-avgustida o‘tkazilgan Prezident va tadbirkorlarning ochiq muloqoti doirasida belgilangan vazifalarga oida Prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.

Ung ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlarga nisbatan yangi turdagi jazo choralarini joriy qilishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlarga nisbatan majburiyatlar yuklaydigan yangi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan talablarni bajarmaganlik uchun ularga nisbatan 6 oy davomida javobgarlik choralari qo‘llanilmasligi ham belgilab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, hujjat loyihasi bilan savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali bekor qilinmoqda.

Prezident farmoni loyihasida birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan mikro vakichik biznes sub’yektlariga javobgarlik choralarini qo‘llamagan holda, kamchiliklarni bartaraf etishga ko‘maklashishni nazarda tutadigan tizim yaratish hamda jarimalar miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha taklif kiritish belgilangan.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatida nazorat organlarining takrorlanadigan va zamon talablariga mos kelmaydigan 20 dan ortiq nazorat funksiyalarini maqbullashtirish vazifasi qo‘yilgan.

Tadbirkorlik sub’yektlariga nisbatan savdo qoidalarini buzganlik, turli narx belgilaganlik, soliq hisobotlarini muddatidan kechiktirib topshirganlik, ishchi sonini ko‘rsatmaslik kabi holatlar uchun belgilangan ma’muriy jarimalar ikki barobarga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring