Toshkent viloyatidagi savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 3 iyul kuni soat 13:22 da Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Do‘stobod shaharchasi Bibixonim ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:19 da o‘rab olingan va soat 14:32 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida savdo majmuasining taxminan 400 kv.m maydoni yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter