Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasiga armiya joylashtirmoqchi

Tramp Ukraina va Rossiya o‘rtasiga armiya joylashtirmoqchi

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning Ukraina mojarosini to‘xtatish bo‘yicha rejasining ayrim tafsilotlari ma’lum qilindi.

The Telegraph nashri xabar berishicha, Britaniya va Yevropa qo‘shinlarini Rossiya hamda Ukraina armiyalari o‘rtasidagi 1200 km dan ortiq hududga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Hisobotda aytilishicha, bu Tramp va uning maslahatchilari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bir nechta rejalardan biri.

Qo‘shma Shtatlarning o‘zi bu hududni patrul qilish va xavfsizligini ta’minlash uchun qo‘shin ajratmaydi, shuningdek, ushbu missiyani moliyalashtirish niyatida ham emas.

Avvalroq, Trampning rejasida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi 20 yilga kechiktirilishi, buning evaziga Rossiya agressiyasi to‘xtamasa, Ukrainaga qurol berilishi davom etishi aytilgandi. Demilitarizatsiya qilingan hududda esa xavfsizlikni aniq kim nazorat qilishi ochiqlanmagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring