Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyadagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol oilasi bilan halok bo‘ldi

Turkiyadagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol oilasi bilan halok bo‘ldi

Foto: Yirmidort.tv

11 iyun kuni soat 06:00 atrofida Turkiyaning Istanbul shahri Chokmeko‘y hududidan o‘tuvchi Shimoliy Marmara avtomagistralida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, aeroportdan qaytayotgan 29 yoshli erkak boshqaruvidagi yengil avtomobil shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yuk mashinasiga orqadan kelib urilgan. Kuchli zarba oqibatida avtomobil yuk mashinasi ostiga kirib ketgan.

Oqibatda haydovchi, uning O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 31 yoshli turmush o‘rtog‘i hamda 2 oylik o‘g‘li halok bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, Sanjaktepe tumanida yashagan va to‘rt yildan buyon turmush qurgan er-xotinning 3 yoshli yana bir farzandi bor. Hodisa paytida bola ota-onasi bilan bo‘lmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring