Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Vengriya davlat telekanali yillar davomida yolg‘on tarqatgani uchun uzr so‘radi

Vengriya davlat telekanali yillar davomida yolg‘on tarqatgani uchun uzr so‘radi

Vengriyada hukumat almashganidan keyin davlat ommaviy axborot vositalarida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi. Yangi Bosh vazir Peter Madiyar hukumati jamoat teleradiokompaniyasi MTVAni qayta tashkil etishini e’lon qildi.

Islohotlar doirasida davlatning M1 telekanali bosh direktori Jolt Nemet lavozimidan ozod etildi.

7-iyul kuni telekanal odatiy efir o‘rniga qora ekranni namoyish qildi. Ekranda quyidagi mazmundagi murojaat joylashtirildi:

«Davlat ommaviy axborot vositalari yolg‘on tarqatishga haqli emas. Shu yillar davomida shunday qilganimiz uchun uzr so‘raymiz. Endi ommaviy axborot vositalari kelajakda mustaqil va ishonchli tizimga aylanishi uchun qayta isloh qilinmoqda. Yangiliklar xizmati vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi».

Peter Madiyar ushbu voqeani «tarixiy kun» deb atadi.

«Bugun davlat mediasida propaganda efirlari to‘xtatildi. Ular kechasi ham, kunduzi ham, barcha to‘lqinlarda ham yolg‘on tarqatishdi. Endi bu davr yakunlandi», – deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘ida.

8-iyul kuni M1 telekanali efirni qayta tikladi. Biroq kanal hozircha yangiliklar dasturlarini efirga uzatayotgani yo‘q.

YeXHTning kuzatuv missiyasi aprel oyidagi parlament saylovlari bo‘yicha hisobotida ham Vengriya davlat mediasi barcha siyosiy kuchlar uchun teng sharoit yaratmagani, MTVA esa yangiliklar orqali Viktor Orban va uning hukumatini ochiq qo‘llab-quvvatlaganini qayd etgan.

Eslatib o‘tish joiz, Viktor Orban Vengriyani 16 yil boshqardi. Joriy yil 12-aprel kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida uning «Fides» partiyasi mag‘lubiyatga uchradi. Parlamentda ko‘pchilik o‘rinni «Tisa» partiyasi qo‘lga kiritdi va uning yetakchisi Peter Madiyar mamlakatning yangi Bosh vaziri bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring