Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zohid Risqiyev avtohalokatdan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Zohid Risqiyev avtohalokatdan keyin ilk bor ko‘rinish berdi

Videodan kadr

«Ummon» guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyev o‘tgan yili sentyabr oyi oxirlarida avtohalokatga uchraganidan keyin ilk bor ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish berdi.

Tarqalgan videoda u o‘z muxlislariga salom yo‘llagan.

Qayd etilishicha, avtohalokatdan avval yozilgan, ammo taqdim etilishiga ulgurilmagan qo‘shiq va klip yaqin kunlarda namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 29-sentyabr kuni taxminan soat 23:00 larda Zohid Risqiyev Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida boshqaruvidagi BMW mashinasi bilan YTHga uchragani xabar qilingandi.

Hodisa oqibatida yo‘lovchi, 1994-yilda tug‘ilgan X.S. voqea joyida vafot etgandi.

Zohid Risqiyev esa jonlantirish bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas olish apparatiga ulangani aytilgandi. Unga «Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja» tashxisi qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring