Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Matbuotda Kim Chen In vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, KXDR javob qaytardi

Matbuotda Kim Chen In vafot etgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi, KXDR javob qaytardi

Dunyodagi bir qator ommaviy axborot vositalarida Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning vafoti haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. KXDR tomonidan ushbu xabarga javob qaytarildi.

Koreya do‘stlik assotsiatsiyasi raisi, diplomat Alexandro Kao de Benos bu haqda shunday degan: «bizning marshalimizning vafoti haqidagi xabarlar yovuz niyatlilar tomonidan tarqatilgan yolg‘ondir».

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel sanasida Xitoydagi Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Gonkongning HKSTV televideniyesi vitse-direktori tomonidan tarqatilgan xabar paydo bo‘ldi. Unda aytilishicha «ancha jiddiy manbalar» tomonidan Kim Chen In vafot etgani xabar qilingan.

Yapon nashrlari tomonidan ma’lum qilinishicha, KXDR rahbari yuragida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so‘ng og‘ir ahvolda bo‘lgan. Uning yuragiga stent o‘rnatish uchun amaliyot o‘tkazilgan, ammo jarrohning qo‘li qaltiragani tufayli operatsiya muvaffaqiyatsiz yakunlangan.

Biroz vaqt muqaddam Xitoy tomonidan Kim Chen Inga yordam berish uchun shifokorlar guruhi yuborilgani ham xabar qilingan edi.

O‘z navbatida AQSh razvedkasiga asoslangan Amerika matbuoti ham Kim Chen In vafot etmagani, ammo operatsiyadan so‘ng og‘ir ahvolda ekanini xabar qildi. Ushbu xabarni Janubiy Koreyaning «Yonxap» agentligi ham tarqatdi va o‘z navbatida Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi vakili ham tasdiqladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring