Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mendan so‘rab tug‘ishmagan... Amerikalik qiz ota-onasini sudga berdi

Mendan so‘rab tug‘ishmagan... Amerikalik qiz ota-onasini sudga berdi

Videodan skrinshot

AQShda voyaga yetgan qiz ota-onasini sudga berdi. Emishki, ota-onasi dunyoga keltirishdan avval undan ruxsat so‘rashmagan...

Tafsilotlar o‘sha qiz internetga video joylashtirgandan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Avvaliga noshukur qiz sudda yutgan, ota-onaga har oy qiziga 5 ming dollardan to‘lab turish majburiyati yuklagandi. Turgan gapki, ota-ona apellyasiya berishdi va keyingi sud ularning foydasiga hal bo‘ldi. Qiz endi ishlashga majbur.

«Endi ular menga bir chaqa ham to‘lashmaydi. Men esa, ..., ish topishim kerak! Qiziq, tajribani qayerdan olishim kerak? Oliy ma’lumotni-chi? Takrorlayman! Hech kim menga oyiga 5 mingdan ortiq to‘lolmaydi. Xo‘sh, xarajatlarimni kim to‘laydi, qiziq?? Xullas! O‘z bolalaringizga yordam berolmas ekansiz, umuman tug‘mang!», — deya noligan qiz suddan keyin joylashtirgan videosida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring