Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada ikkita vertolyot va ikkita qiruvchi samolyot urib tushirildi

Rossiyada ikkita vertolyot va ikkita qiruvchi samolyot urib tushirildi

Rossiyaning ikkita qiruvchi samolyoti va ikkita Mi-8 vertolyoti Bryansk viloyatida, Ukraina chegarasi yaqinida halokatga uchradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Su-34, Su-35 va vertolyotlar bitta havo guruhida bo‘lgan va Ukrainaning Chernigov viloyati hududida reyd o‘tkazishi kerak edi. Barcha ekipajlar (jami sakkiz kishi) halok bo‘lgan. Halokat natijasida mahalliy aholi vakillaridan biri jarohat olgan.

«Kommersant» gazetasi o‘z manbalariga tayanib, Ukraina chegarasi yaqinida ushbu samolyot va vertolyotlar urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.

Rossiya Mudofaa vazirligi samolyot va vertolyotlarning halokatini hali rasman tasdiqlamadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring