Ramzan Qodirov muzokaralarga qarshi chiqdi
Chechen Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar olib borishga hojat yo‘q deb hisoblaydi.
«Shuncha ish qilinganidan keyin muzokaralar… Men muzokaralarga qarshiman», — degan Checheniston rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, maxsus harbiy operatsiyani oxirigacha olib borish va Rossiya g‘alabasi bilan yakunlash lozim.
Eslatib o‘tamiz, bir hafta muqaddam BAA poytaxtida Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar boshlangandi. Muzokaralar juda yopiq formatda o‘tkazilgan.
Muzokaralarning ikkinchi kunida Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv tashkil etilishi mumkinligi aytilgandi.
Muzokaralarning navbatdagi bosqichi 1 fevral sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, AQSh Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini Donbass evaziga bermoqchiligi qayd etildi.
Avvalroq urushda rus va ukrain harbiylarining yo‘qotishlari ma’lum qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter