Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon hokimi qimmatbaho mashina oldi

Andijon hokimi qimmatbaho mashina oldi

Foto: Vodiy bozor kanali

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yana jamoatchilik e’tibori markazida. Bu safar u qimmatbaho xizmat mashinasi olgani bilan ko‘pchilikni o‘ziga qaratdi.

Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon ko‘chalarini to‘ldirib yurgan qop-qora va yap-yangi «TAHOE» avtomobili  suratlari paydo bo‘ldi. Mazkur ulov viloyat hokimining navbatdagi xizmat mashinasi ekani aytilayotir. Bunga dalil tariqasida «TAHOE»ga  «hokimga tegishli»  60 001 AAA davlat raqami qadalgani ko‘rsatilmoqda.

Yaqinda hokim bir intervyuda «Prado» (JIP) xizmat mashinasidan foydalanishini aytar ekan, bu «viloyatning obro‘si» ekanini urg‘ulab, u shaxsiy emasligini ham qistirib o‘tgandi. Xizmat mashinasi shaxsiy mulk emas, to‘g‘ri. Biroq u soliq to‘lovchilar puliga xarid qilinishi e’tiborga olinsa, qimmatbaho xizmat mashinasidan ko‘ra mahalliy budjet mablag‘ini tejab-tergab, xayrli yumushga sarflash hokimga ham, hududga ham  ko‘proq obro‘ olib keladi.

Yangi «TAHOE»ning narxi esa naq 795 million so‘m ekanidan ko‘plarning xabari bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring