Energetika vaziri maslahatchisi ishdan bo‘shadi
2019 yildan buyon Energetika vaziri matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan Bekmurodova Elmira Ruslanovna o‘z vazifasidan ozod etildi.
Ushbu iste’fo energetika tizimidagi kamchiliklarning OAVda ochiqcha aytilayotgani, vazirlik rahbariyati savollarga tutilayotgani uchun matbuot kotibi jazolanmadimi degan savollarni yuzaga keltirdi.
Ma’lum qilinishicha, Elmira Bekmurodova o‘z xohishiga ko‘ra, boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazirlik tizimidan ishdan ketgan.
«Bu holat boshqacha talqin qilinmasligi so‘raladi.
Energetika vazirligi OAV uchun har doim ochiq. Shaffoflik va to‘g‘ri axborotlar doimo qo‘llab quvvatlanadi», deydi vazirlik mas’uli.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter