Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya bosh vaziri kuchli zilzila xavfi tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi

Yaponiya bosh vaziri kuchli zilzila xavfi tufayli O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9-12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Kecha Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilziladan keyin mamlakat meteorologiya agentligi Tinch okeanining janubi-g‘arbdan Yaponiyaning markaziy qismigacha cho‘zilgan keng hududida kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirishni berdi.

Shu sabab Fumio Kisida safarining bekor qilinishini e’lon qildi.

Payshanba kungi zilzila Miyazaki va qo‘shni ikki prefekturadagi binolarga katta zarar yetkazgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.

Toshkentda Yaponiya bosh vazirining tashrifi arafasida ko‘chalarda O‘zbekiston va Yaponiya bayroqlari osilgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring