«Real Madrid» yana «Benfika» bilan o‘ynaydi
Yevropa Chempionlar ligasining o‘tish uchrashuvlariga qur’a tashlandi. «Real» yana «Benfika» bilan, «PSJ» esa «Monako»ga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, YeChLning umumiy bosqichida «Benfika» «Real»ni 4-2 hisobida mag‘lub etgandi.
O‘tish uchrashuvlari juftlik bilan tanishing:
«Benfika» — «Real Madrid»
«Monako» – PSJ
«Qorabog‘» – «Nyukasl»
«Bode-Glimt» – «Inter»
«Galatasaroy» – «Yuventus»
«Borussiya Dortmund» – «Atalanta»
«Bryugge» – «Atletiko Madrid»
«Olimpiakos» – «Bayer»
Ma’lumot uchun, o‘tish uchrashuvlari 2026 yilning 17–18 va 24–25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter