Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In vafoti tasdiqlansa uning o‘rnini bosadigan zaxiradagi voris nomi ma’lum bo‘ldi

Kim Chen In vafoti tasdiqlansa uning o‘rnini bosadigan zaxiradagi voris nomi ma’lum bo‘ldi

KXDR rahbari Kim Chen Inning salomatligi yomonlashgani va vafot etgani haqida tarqalgan turli xabarlardan so‘ng uning vorislari haqidagi ma’lumotlar ham katta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Agarda Inning asosiy vorisi sifatida uning singlisi Kim Yo Chjon ko‘rilayotgan bo‘lsa, ukasi Kim Pxyon Ir «zaxiradagi voris» sifatida tilga olingan.

Kim Pxyon Ir asosan diplomatiya sohasida faoliyat olib borgan. Xususan u Chexiya va Polshadagi elchi bo‘lib vataniga xizmat qilgan edi. Ammo KXDRda vorislik masalasi juda tor guruhda hal qilinishi bois bu borada aniq ma’lumot berish juda qiyin.

KXDR «taxtiga» o‘tirishga yana bir nomzod sifatida Kim Chen Inning akasi Kim Chen Chxolni aytish mumkin. 38 yoshli Chxol ma’lum vaqtga qadar Kim Chen Inning asosiy vorisi sifatida ko‘rilar edi, ammo keyinchalik u o‘z mavqeini Kim Pxyon Irga berib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In 15 aprel sanasida bobosi Kim Chen Inni xotirlash tadbirida ko‘rinish bermagandan so‘ng uning vafoti yoki salomatligi keskin yomonlashgani haqida xabarlar tarqatib kelinmoqda. Agarda davlat rahbarining vafoti tasdiqlansa, hokimiyat Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjonning qo‘liga o‘tishi mumkin. 2019 yilning oxirida KXDR mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasining yig‘ilishida aynan Kim Yo Chjon favqulodda vaziyatlarda davlatni boshqarishi belgilab olingan edi. Ayni vaqtda Kim Yo Chjon KXDR rahbarining ishonchli vakili va mamlakatdagi ikkinchi odam hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring