Nyu-Yorkdagi YTH o‘zbekistonlik qiz vafot etdi
Nyu-Yorkdagi YTHda o‘zbekistonlik qizaloq vafot etdi.
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsulxonasi yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 yoshli vatandoshimiz Amira Aminovaning fojiali halok bo‘lgani haqidagi xabarni tasdiqladi.
«Marhum qizaloqning onasiga, yaqinlari va barcha qarindosh-urug‘lariga ushbu og‘ir va qaytib to‘ldirib bo‘lmas yo‘qotish munosabati bilan samimiy va chuqur ta’ziya bildiramiz», deyiladi xabarda.
Bosh konsulxona bolaning onasi bilan doimiy aloqada bo‘lib, shuningdek Nyu-York shahridagi tegishli vakolatli idoralar bilan hamkorlik qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter