Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident Rossiyada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish bo‘yicha topshiriq berdi

Kuni kecha Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyati Navashinskiy tumanida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan mikroavtobus yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur YTHda halok bo‘lganlarning jasadini Vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ma’lum qildi.

Dastlab hodisa oqibatda sakkiz nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani aytildi, biroq keyinchalik ulardan yetti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekani aniqlangan. Shuningdek, yana uch nafar o‘zbekistonlik turli tan jarohatlari bilan Nijegorod viloyatining tibbiyot muassasalariga joylashtirilgan.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga muvofiq, mamlakat Hukumati tomonidan tez orada halok bo‘lganlarning jasadlarini Vatanga qaytarish bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi tomonidan alohida nazoratga olingan», deyiladi rasmiy xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi rahbariyati va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasi xodimlari voqea joyida zarur yordam ko‘rsatmoqda.

Elchixona qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limining Call-markazi: +7 499 238 36 20; +7 499 230 00 76, hamda, O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi: +7 843 526 55 63 'ga murojaat qilish so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring