«Time» adashdi: Nobel tinchlik mukofoti boshqalarga berildi
Nobel tinchlik mukofoti 2018-yilda kongolik shifokor Denis Mukvege va iroqlik huquqni himoya qiluvchi Nadya Murodga topshiriladi. Ular qurolli to‘qnashuvlar paytida jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish ishiga qo‘shgan hissasi uchun oliy mukofotga loyiq deya topilgan. Bu haqda mukofotlash qo‘mitasining «Twitter»dagi sahifasi xabar berdi.
«Time» jurnali bu yil Nobel tinchlik mukofotiga asosiy da’vogarlar sifatida AQSh prezidenti Donald Tramp, KXDR yetakchisi Kim Chen In hamda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inlarni ko‘rayotgani haqida biz xabar bergandik.
Shu paytgacha tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo yo‘nalishlaridagi g‘oliblar nomi aniq bo‘lgandi. Iqtisodiyot yo‘nalishidagi g‘olib (yoki g‘oliblar) nomi 8-oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter