Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga qamoq jazosi tayinlangan

Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchiga qamoq jazosi tayinlangan

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati

Yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun to‘xtatilgan haydovchining yo‘l-patrul xizmati inspektoriga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari tasvirlangan video internetda tarqagan edi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu voqeaga oydinlik kiritdi.

Ma’lum qilinishicha, videoda tasvirlangan hodisa ikki yil avval — 2017-yilning yanvarida ro‘y bergan ekan.

2017-yil 18-yanvar kuni taxminan soat 21:30 da «Nexia» avtomobili haydovchisi Ma’rufjon A.ni Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida YPX inspektori xavfsizlik kamarini taqmagani uchun to‘xtatadi. Tekshiruv davomida haydovchida transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ladi.

Ma’rufjon A. jazodan qutulib qolish maqsadida inspektorga qarshilik ko‘rsatadi va unga tan jarohatlari yetkazadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Ma’rufjon A.ni Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topdi va unga 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring