Shimoliy Koreyada «Kalmar o‘yini»ni tomosha qilgan o‘smirlar qatl etildi
KXDRda Janubiy Koreya seriallari va musiqalarini tomosha qilgan yoki tarqatganlarga nisbatan qatl etish, mehnat lagerlariga jo‘natish va omma oldida tahqirlash kabi jazolar qo‘llanilmoqda. Bu haqda The Sun manbalarga asoslanib xabar berdi.
Mamlakatdan qochib ketgan shimoliy koreyaliklar Amnesty International inson huquqlari tashkilotiga ma’lum qilishlaricha, og‘ir jazodan qochishning birdan-bir chorasi — katta miqdordagi pora. Ba’zilar «qayta tarbiyalash lageri»ga tushib qolmaslik uchun uylarini sotishadi.
Nafaqat katta yoshlilar, balki o‘smirlarni ham ayashmayapti. KXDRdan qochganlarning ta’kidlashicha, bir necha maktab o‘quvchisi «Kalmar o‘yini» serialini tomosha qilgani uchun omma oldida qatl etilgan.
Guvohlarning ta’kidlashicha, hibsga oluvchilarning o‘zlari taqiqlangan kontentni yashirincha tomosha qiladi. Shuningdek, «mafkuraviy tarbiya» doirasida maktab o‘quvchilari ommaviy qatllarga tomoshaga olib boriladi.
Amnesty International suhbatdoshlarining aytishicha, jiddiy xavf-xatarlarga qaramay, KXDRda xorijiy kontent keng tarqalgan. U Xitoydan yashirincha olib kelinadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter