Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyevning yangi qarori qabul qilindi

«Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–216-son, 07.07.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentyabrdan:

- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;

- oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzularini shakllantirish hamda ularni Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish tizimi joriy qilinadi.

«Agrobank» ATBning agromarkazlari va fermerlar maktablari, Savdo-sanoat palatasi tizimidagi sanoat parklari va inkubatsion markazlar, Qishloq xo‘jaligida xizmatlar ko‘rsatish agentligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek, o‘simliklar va veterinariya klinikalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni qamrab olgan holda agroxizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya ta’lim tizimi asosida ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi.

Xalqaro maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan mustaqil nodavlat umumta’lim muassasasi hisoblanadi.

Xalqaro maktabga o‘quvchilar 2023/2024 o‘quv yilidan 1-sinfdan hamda 5-sinfdan qabul qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar tashkil etiladi:

- Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali negizida Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;

- idoralararo Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre Of Excellence);

- ushbu markazda biotadqiqotlar va texnologiyalar bo‘yicha zamonaviy laboratoriyalar majmuasi;

- qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlashgan Genbanki;

- Dala ekinlari urug‘chiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring