Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Epshteyn ishi tufayli yana bir amaldorning iste’fosi talab qilinmoqda

Epshteyn ishi tufayli yana bir amaldorning iste’fosi talab qilinmoqda

Har ikki partiyaning bir guruh amerikalik qonun chiqaruvchilari savdo vaziri Govard Latnikning iste’fosini talab qilishdi. Bunga uning pedofil Jeffri Epshteyn bilan ko‘p yillik ishbilarmonlik hamkorligi sabab bo‘lgan.

Demokrat senator Adam Shiff Latnikni yolg‘onchilikda aybladi. Vazirning Epshteyn bilan aloqasi yo‘qligi haqidagi so‘zlari Adliya vazirligi materiallarida aksini ko‘rsatgan. Latnik nafaqat yillar davomida moliyachi bilan aloqada bo‘lgan, balki uning shaxsiy oroliga tashrif buyurishni ham rejalashtirgan.

"Latnik bizning savdo vazirimiz bo‘lmasligi kerak, u zudlik bilan iste’foga chiqishi kerak," - deya fikr bildirgan senator Shiff.

Jeffri Epshteyn – rasman moliyachi, amalda esa XX–XXI asrning eng dahshatli shaxslaridan biri edi. Uning nomi bolalarga qarshi jinoyatlar, elita uchun yaratilgan yashirin «qullik tizimi», siyosatchilar, milliarderlar va qirollik oilalariga bog‘liq shubhali aloqalar bilan tarixga muhrlandi. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring