Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onadagi yerni 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Farg‘onadagi yerni 200 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent shahri va Andijon viloyatida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahri boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro R.Y. fuqaro O.Sh.ning ishonchiga kirib, Farg‘ona viloyati, Quva tumanidagi “T.B.” fermer xo‘jaligining 5 gektar va davlat zaxirasidagi 5 gektar jami 10 gektar yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali nomiga rasmiylashtirib olib berishi evaziga 200 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.S.” fermer xo‘jaligi rahbari D.T. Jalaquduq tumanidagi davlat zaxirasidagi 8 sotix ekin yer maydonini fuqaro O.R.ga tanishlari yordamida turar-joy qurish uchun olib berishi evaziga 9 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring