Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shimoliy Koreyada yangi utopiya-shahar qurildi (foto)

Shimoliy Koreyada yangi utopiya-shahar qurildi (foto)

Foto: EPA / UPG

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha, 3-dekabr kuni mamlakat shimoli-sharqidagi Samjiyon uyezdida yangi shaharni ochib berdi. Bu haqda «Sinxua» xabar tarqatdi.

Tantanali marosim muqaddas Pektu (bu o‘sha Kim Chen In oq otda chiqqan joy) tog‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatdagi eng yirik qurilish KXDR hozirgi yetakchisining otasi Kim Chen Ir yurtida amalga oshirilgan. Uning haykalini ham yangi shaharning markaziga o‘rnatishdi.

Koreya markaziy telegraf agentligi ushbu shaharni zamonaviy taraqqiyotni o‘zida aks ettirgan sotsializm davrida qurilgan utopiya («Orzular shahri») deya ta’rifladi.

Samjiyon nomi berilgan shaharda yangi turarjoylar, mehmonxonalar, tibbiyot va madaniyat muassasalari, tog‘-chang‘i kurorti bor.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda to‘rt ming oila yashashi mumkin, yuzlab gektar maydonda 380 ta kvartal joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring