Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

Tramp Eron bo‘yicha rejasini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp so‘nggi kunlarda Eron bo‘yicha muzokaralar olib borgani va ularni davom ettirishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

"Menda bu reja bor edi va men ularni davom ettiryapman," - dedi Tramp jurnalistlarining savoliga javoban.

Shu bilan birga, Amerika yetakchisi aynan kim bilan va qachon muzokaralar olib borganiga aniqlik kiritmagan.

AQSh prezidenti, shuningdek, hozirda AQShning ko‘plab "juda kuchli" kemalari Eronga yo‘l olayotganini takrorladi. "Ularni ishga solmasak, yaxshi bo‘lardi," - dedi u.

AQSh prezidenti Tehronga qanday talablar qo‘yganini ham ma’lum qildi.

"Men ularga ikki narsani aytdim. Birinchidan, hech qanday yadro quroli! Ikkinchidan, namoyishchilarni o‘ldirishni to‘xtating", - dedi Tramp.

Avvalroq AQSh prezidenti Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Vashington va Tehron o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki muzokaralar natija bermaganidan so‘ng, Eronga qarshi yangi keng ko‘lamli harbiy amaliy harakatlarni ko‘rib chiqayotgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring