Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘iston bunyod etiladi» — Prezident

«Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘iston bunyod etiladi» — Prezident

Foto: Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining s’yezdida ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga alohida e’tibor qaratdi.

— Og‘ir ekologik sharoitga qaramasdan, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini, uning barcha shahar, tuman va ovullarini kompleks tarzda rivojlantirish, mehnatkash va matonatli, oqko‘ngil va bag‘rikeng qoraqalpoq elining hayotini obod va farovon etishga har qachongidan ham ustuvor ahamiyat qaratamiz.

Bizning oliy va ezgu maqsadimiz – birgalikdagi fidokorona mehnatimiz bilan Yangi O‘zbekiston tarkibida Yangi Qoraqalpog‘istonni bunyod etishdir, — dedi davlat rahbari.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev turizm rivojida ham Qoraqalpog‘istonning o‘rni katta ekaniga e’tibor qaratdi.

— Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Orolbo‘yida ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Bunda, Mo‘ynoqning yangi aeroporti imkoniyatlaridan keng foydalaniladi, — deya ta’kidlab o‘tdi prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring