Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Afg‘onistonni qanday asosda boshqarishi ma’lum qilindi

«Tolibon» Afg‘onistonni qanday asosda boshqarishi ma’lum qilindi

Afg‘onistonda mamlakatning oxirgi monarxi — Zohirshoh davrining konstitutsiyasi qo‘llaniladi, faqat shariatga zid bo‘lgan qoidalar bundan mustasno. Bu haqda Adliya vazirligi boshlig‘i Abdul Hakim Shariaga asoslanib RIA Novosti ma’lum qildi.

Adliya vazirligining bayonotiga ko‘ra, muvaqqat vazir Afg‘onistondagi Xitoy elchisi bilan uchrashuvda Afg‘oniston oxirgi shoh davrida mamlakatda amalda bo‘lgan konstitutsiyani ishlatishini, faqat shariat qoidalariga zid bo‘lgan qoidalar bundan mustasno bo‘lishini aytgan.

Avvalroq, Madaniyat va axborot vaziri o‘rinbosari Zabihulla Mujohid RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida mamlakatda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati kelasi yili yangi konstitutsiyani ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzishni rejalashtirayotganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring