Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda tungi reyd o‘tkazildi
Maxsus komissiya tomonidan atmosferaga zararli tashlamalar chiqarayotgan manbalarni aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Navbatdagi tungi reyd davomida 29 yanvar kuni Toshkent viloyatidagi issiqxonalar faoliyati o‘rganildi. Xususan, Toshkent tumanida 7 ta, Zangiota tumanida 10 ta, Qibray tumanida 7 ta, Yangiyo‘l tumanida 11 ta, Yuqori Chirchiq tumanida esa 4 ta issiqxona faoliyati tekshirildi.
O‘rganish davomida Toshkent tumanida nosoz filtrdan foydalanayotgan issiqxona egasiga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, barcha issiqxona xo‘jaliklari mas’ullariga chang-gaz tozalash uskunalaridan soz holatda foydalanish va doimiy monitoring qilib borish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.
Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter